Toshkentga tramvay qaytadi

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sharof Rahmonov va Fransiya tashqi savdo va xorijdagi fuqarolar bo‘yicha vazir-delegat Loran Sen-Marten Toshkentda tramvay tizimini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi.
Jurnalist Aziza Qurbonovaning yozishicha, bu haqda kecha, 12-mart kuni Fransiya tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan vazirlik-idoralararo hujjatlarni imzolash marosimida e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi loyihasida 2025-yilning sentyabriga qadar xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan Toshkent shahrida tramvay liniyasini qurish loyihasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslar (TIA)ni ishlab chiqilishi belgilab qo‘yilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter