Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda san’atkor hamkasbini o‘ldirib, 11 yilga qamaldi

Toshkentda san’atkor hamkasbini o‘ldirib, 11 yilga qamaldi

Foto: Xabar.uz

Muqaddam o‘g‘rilik, qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyatlarini ham sodir etgan 26 yoshli, oilali shaxs yana jinoyatga qo‘l urdi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.

Kishini o‘yga toldiradigani – jabrlanuvchi ham, sudlanuvchi ham san’at vakillaridan bo‘lishgan...  

Sudlanuvchi o‘zining iste’moli uchun tanishidan giyohvandlik vositasini sotib olish maqsadida, unga 350 000 so‘m bergan. Biroq tanishi va’dasini bajarmasdan, sudlanuvchiga giyohvandlik moddasini yetkazib bermaydi. Natijada ular o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘zaro suhbatlar jarayonida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Buning zamirida sudlanuvchida tanishidan o‘ch olish maqsadi paydo bo‘lgan.

So‘ng, sudlanuvchi tanishiga qo‘ng‘iroq qiladi. Uning taklifi bilan shu kuni tanishining xonadoniga boradi. Ichkariga kirgach, muqaddam uni haqoratlagani sababli u bilan o‘zaro janjallashadi. Uni qasddan o‘ldirish maqsadida, xonadonda bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan qurollanadi. Yuvinish xonasiga kirgan tanishining ortidan kelib, pichoq bilan uning ko‘krak qafasi o‘ng tomon yuqori qismi, chap kurak osti qismiga sanchilgan-kesilgan jarohatlari yetkazadi. Tanishining harakatsiz yotganligini ko‘rganidan so‘ng voqea joyidan yashiringan.

Hayot uchun xavfli bo‘lgan, ko‘krak qafasi chap tomoni orqa yuzasini teshib kirgan chap o‘pka va plevra varaqalarini shikastlagan sanchib-kesilgan jarohati oqibatida ichki va tashqi qon ketishdan tanishi tez-tibbiy yordam mashinasida vafot etgan.

Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi hamda 11 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 96-moddasini qo‘llab, jazoni ijro etish joylarida giyohvandlikdan (nasha) hamda toksikomaniyadan (Regopen, Tropikamid va Zardeks) majburiy tarzda davolash tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilishi belgilandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring