Toshkentlik fuqaro Rossiya imperiyasining soxta tangalarini sotayotib qo‘lga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chilonzor tumani bo‘limlari tomonidan tadbir o‘tkazildi. Unda fuqaro G.M. fuqaro N. va M.larning ishonchiga kirib, ularga rangli metall ko‘rinishidagi 4 dona tangani go‘yoki 1899-yilda Rossiya imperiyasida ishlab chiqarilgan haqiqiy qadimiy tanga sifatida baholab, 56,9 mln. so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Shuningdek, G.M. muqaddam N.ga 1 dona rangli metall tangani qadimiy tanga sifatida baholab 14,1 mln. so‘mga sotganligi aniqlangan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 5 dona tanganing 1 tasi 1899-yilda Rossiya imperiyasida ishlab chiqarilgan haqiqiy oltin tanga ekanligini, qolganlari uning nusxasi ekanligi qayd etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter