Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi ayanchli avariyada piyoda halok bo‘ldi

Toshkentdagi ayanchli avariyada piyoda halok bo‘ldi

Skrinshot.

Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasidi bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB xabar berdi. 

Unga ko‘ra, joriy yilning 20-may kuni  soat 21:00 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Yuzrobod ko‘chasi 4-uy qarshisida 1989-yilda tug‘ilgan (erkak) P.M. Matiz rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yoshi 35-40 atrofida rus millatiga mansub piyodani urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari  natijasida voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring