Toshkentdagi ayanchli avariyada piyoda halok bo‘ldi
Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasidi bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB xabar berdi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 20-may kuni soat 21:00 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Yuzrobod ko‘chasi 4-uy qarshisida 1989-yilda tug‘ilgan (erkak) P.M. Matiz rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yoshi 35-40 atrofida rus millatiga mansub piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter