Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda elektrobuslar ishtirokidagi YTHlar ko‘paymoqda

Toshkentda elektrobuslar ishtirokidagi YTHlar ko‘paymoqda

Toshkentda yana elektrobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Bu haqda «Toshshahartransxizmat» xabar bermoqda. 

8-iyun kuni, soat 12:30 larda, «7-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi 94-sonli yo‘nalish haydovchisi (X.M 1979-yilda tug‘ilgan) avtobusni Uchtepa tumani «Guliston» ko‘chasi orqali «Muxlisa» va «Ahmad» bekati oralig‘ida boshqarib borayotgan vaqtda, yo‘l chetidagi «Lacetti» rusumli yengil avtomobil haydovchisi mast holatda avtomobilni boshqarib to‘satdan yo‘lning qatnov qismiga chiqib yelektrobusga urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Elektrobus va yengil avtomobil texnik shikastlangan.

Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan rasmiylashtirilganligini ma’lum qilamiz, deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 6-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Durmon yo‘li - G‘azalkent ko‘chalari kesishgan chorrahadagi to‘qnashuvda bir kishi halok bo‘lgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring