Toshkentda o‘ta katta sig‘imli elektrobuslar harakatlana boshladi
Toshkent shahri uchun xarid qilingan 200 dona o‘ta katta sig‘imli «King Long» rusumli avtobuslarga ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan bonus tariqasida qo‘shimcha ravishda 2 dona elektrobus taqdim etilgan.
Xabar qilinishicha, «King Long» rusumli elektrobuslarni test sinovlaridan o‘tkazish hamda ushbu elektrobuslarni boshqaruvchi haydovchilarni o‘qitib maxsus sertifikatlar bilan ta’minlash ishlari nihoyasiga yetkazilganligi munosabati bilan, mazkur o‘ta katta sig‘imli elektrobuslar bugun, 6 dekabr kunidan boshlab «2-avtobus saroyi» filialiga biriktirilgan 14-sonli «TTZ AShB - Toshkent vokzali» avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatishni boshlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter