Toshkentda elektrobus YTHga uchradi. 5 yo‘lovchi va haydovchi jarohat oldi
7 sentyabr kuni kechki payt Toshkent shahrining Bektemir tumanida 13-sonli elektrobus beton ustunga urilib, 5 nafar yo‘lovchi tan jarohati oldi.
«Toshshahartransxizmat» matbuot xizmatining «Gazeta.uz»ga xabar berishicha, elektrobus 34−35 km/soat tezlikda ketayotgan bo‘lgan. Ikki yo‘nalishli harakat oqimiga 3 ta transport kirib kelgani oqibatda mashinalar elektrobusga xalaqit bergan va haydovchi boshqaruvni o‘ng tomonga burib yuborgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtobus ichida bo‘lgan 15−20 nafar yo‘lovchining 5 nafari hamda haydovchi jarohat olgan.
5 yo‘lovchi Yashnobod tumanidagi 39-sonli shifoxonaga yuborilgan. Hozirda hududiy IIO tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Avtobusga jiddiy shikast yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter