Talabalar shaharchasida miting tashkil etildi (foto)

Saylovlar arafasida targ‘ibot-tashviqot ishlari avjiga chiqqani ma’lum. O‘zbekiston «Adolat» SDP Toshkent shahar Kengashi tomonidan ham Olmazor tumani Talabalar shaharchasida «Adolat-har bir inson uchun» shiori ostida miting o‘tkazdi.
Mitingda asosiy e’tibor talabalar tomonidan OTM shartnoma pullari va ta’lim tizimidagi kamchiliklarga qaratildi, deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Tadbirda so‘zga chiqqan partiya Toshkent shahar Kengashi faollari hamda partiya lideri Narimon Umarov barchani birdamlikka chaqirdi. Partiyaning oliy ta’lim tizimidagi tashabbbuslari ichida kvotalarsiz oliy ta’lim, kontrakt narxlarini tushirish borligi ma’lum qilindi.
Tadbir davomida partiyaning ushbu namoyishi talabalarga qanot berganligi qayd etildi. Bundan tashqari talabaning bilim saviyasi yuqori bo‘lishi uchun eng avvalo, yaxshi kadrlar tomonidan bilim berilishi, yetuk kadrlarning yetishib chiqishi Oliy ta’lim tizimda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarga bog‘liqligi ta’kidlandi. Bu borada har bir o‘qituvchi tomonidan o‘z kasbini suiste’mol qilmagan holda adolatli tarzda bilim berib borilishi lozim. Stipendiyalarning bir xil qilib belgilanganligi o‘qishni istovchi, stipendiya uchun harakat qiladigan bolaning saviyasini tushirib yuborishiga sabab bo‘lishi, jarayonni maqbullashtirish, 2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim tizimi tomonidan kontrakt narxlari va stipendiyalarni me’yoriga qo‘yishga va kvotalar tizimida eng katta qadamlardan biri bo‘lishi to‘g‘risidagi fikrlar tadbir ishtirokchilari tomonidan bildirildi.
Talabalarning fikricha, bir oiladan 3 nafar talaba o‘qiyotgan bo‘lsa, uchinchi farzandning shartnoma pulini to‘lamagan holda o‘qishini belgilash lozim. Shundagina jamiyatimizda qiynalgan oilalarga nisbatan adolat o‘rnatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter