Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda pichoqlangan to‘rt bemorning ahvoli bo‘yicha ma’lumot berildi

Toshkentda pichoqlangan to‘rt bemorning ahvoli bo‘yicha ma’lumot berildi

Foto: Xabar.uz

Kecha Toshkent shahrida erkak 4 nafar oila a’zosi — turmush o‘rtog‘i, qaynonasi, qayinsinglisi va farzandini pichoqlaganiga doir xabar berilgandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu jarohatlangan bemorlarning bugungi kundagi ahvoli va salomatligi yuzasidan ma’lumot berdi.

Joriy yilning 21-iyul kuni soat 21.10 da Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga to‘rt nafar bemor «Tez yordam» mashinasida og‘ir ahvolda olib kelingan.

Murakkab va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari bir paytning o‘zida to‘rtta tibbiyot brigadasi tomonidan bajarildi. Amaliyotdan so‘ng ular reanimatsiya bo‘limiga yotqizildi. Kechadan esa bemorlarning barchasi xirurgiya bo‘limiga olindi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Doniyor Alimovning ma’lum qilishicha, ayni paytda to‘rt nafar bemorning ham ahvoli barqaror. Stabillashgan. Ijobiy tarafga o‘zgarish bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring