Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergelidagi hodisadan jabr ko‘rganlar yana bir noxush holatdan ogohlantirildi

Sergelidagi hodisadan jabr ko‘rganlar yana bir noxush holatdan ogohlantirildi

Sergeli tumanida sodir bo‘lgan favqulodda hodisa natijasida aholining zarar ko‘rgan uy-joylarini tiklash ishlari jadal davom etmoqda.

Bu ishlarning barchasi aholi uchun BEPUL amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar hokimligining qayd etishicha, murakkab vaziyatdan foydalanib, aholidan pul undirish niyatida bo‘lgan shaxslar mavjudligi aniqlangan. Ular hukumat tomonidan bepul amalga oshirilayotgan ishlar uchun yurtdoshlarimizdan pul so‘rab, ularning soddaligidan foydalanmoqda.

«Hurmatli jabr ko‘rgan yurtdoshlar, barcha ishlar siz uchun bepul ravishda bajarilmoqda, noinsof shaxslarning gaplariga ishonib, aldanib qolmang!», deyiladi hokimlik ogohlantirishida.

Eslatib o‘tamiz, kuchli portlash sodir bo‘lgan hududga yaqin 26 ta ko‘p qavatli uydagi 592 ta xonadon hamda 8 ta xizmat ko‘rsatish shahobchasi, 1 ta maktab va 2 ta MTT binolarining fasad qismi hamda deraza-romlariga zarar yetgani, shuningdek, hududdagi 24 ta ko‘p qavatli uy va 25 ta hovlining fasad, oyna-rom va tom qismi zarar ko‘rgani aniqlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring