Samarqandda «Neksiya» va «Jiguli» ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi

29-iyun kuni Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya yozmoqda «Xalq so‘zi».
Katta tezlikda xarakatlanib kelayotgan «Neksiya» yo‘l chetida to‘xtab turgan «Jiguli» mashinasiga qattiq zarb bilan urilgan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlarga, zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib ketilgan. Shikastlangan mashinalar evakuatorlarga ortilgan.
Suratlarda aks etayotganidek, YPH xodimlari yo‘l harkatini o‘z nazoratiga olgan.
Taxminlarga ko‘ra, «Neksiya haydovchisi uxlab qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter