Rostov va Krasnodarga ham parvozlar bekor qilindi
Rossiya Federatsiyasining Rostov-na-Donu (Platov) va Krasnodar shaharlari xalqaro aeroportlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi munosabati bilan «Uzbekistan Airways» quyidagi rejalashtirilgan muntazam qatnovlarni bekor qildi:
- HY-9647/9648 Toshkent-Rostov-na-Donu-Toshkent yo‘nalishida – 25, 27 fevral va 2 mart kunlari;
- HY-9687/9688 Toshkent-Krasnodar-Toshkent yo‘nalishida – 27 fevral va 1 mart kunlari;
- HY-3687/3688 Toshkent-Krasnodar-Toshkent yo‘nalishida – 2 mart kuni.
«Bekor bo‘lgan parvozlar yo‘lovchilari aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki parvozlar qayta tiklanganidan keyin boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar», deyiladi xabarda.
Avvalroq Rossiyaga uchgan samolyot ortga majburiy ortga qaytgani, Ukraina poytaxtiga parvozlar ham bekor qilingani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter