Rasman: Buxoroda kuchli shamoldan odamlar jabrlandi. Toshkent shahri va viloyati aholisi ham ogohlantirildi
Buxoroda kuzatilgan kuchli shamol tufayli uylarning tomlari uchib, daraxtlar qulagani haqida xabar qilgan edik. Tabiiy hodisa oqibatlari haqida FVV rasmiy ma’lumot berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati Markazining 2020 yil 27 aprel kuni soat 20:30da taqdim etgan ma’lumotiga asosan, joriy yilning 27 aprel kuni Buxoro viloyatining bir qator tumanlarida janubiy-g‘arbiy yo‘nalishda 15-25 m/s (54-90 km/soat) tezlikda kuchli shamol esishi natijasida ijtimoiy soha ob’yektlariga, aholi yashash xonadonlariga va hududdagi daraxtlarning ag‘darilishi natijasida avtotrasport vositalariga zarar yetgan, shuningdek 7 nafar fuqarolar turli darajadagi tan jarohati olganlar.
«Kuchli shamol Toshkent shahri va viloyatida ham kuzatilish ehtimoli mavjud. Shu munosabat bilan fuqarolar o‘zlarini ehtiyot qilishlari hamda avtotransport vositalarini daraxtlar va binolarga yaqin joylarda qoldirmaslik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz», deyiladi O‘zR FVV matbuot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter