Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamini yashirgan haydovchining avtomashinasi ham o‘ziga «begona» bo‘lib chiqdi

Raqamini yashirgan haydovchining avtomashinasi ham o‘ziga «begona» bo‘lib chiqdi

Foto: Xabar.uz

Buxoroda 19 million so‘mlik jarimaga «tushgan» haydovchining davlat raqam belgisini almashtirgani aniqlandi. Tekshiruv davomida qoidabuzar haydovchining avtomashinasi ham yopilib ketgan korxona hisobida turgani ochiqlandi.

Bu haqda «Xabar.uz»ga viloyat IIB JXX YHXB Axborot xizmati boshlig‘i, kapitan Ulug‘bek Shukurlayev ma’lum qildi.

Tva’kidlanishicha, joriy yilning 8-yanvar kuni Buxoro tumanidagi Sheyxoncha mahallasida yashovchi 21 yoshli Sh.T. 80 052 SAA raqamli «Lacetti» rusumli avtomashinasida turli qoidbuzarliklarni yuzaga keltirib, 19 million 200 ming so‘mlik jarima to‘plagan. Uning hatti-harakatlari shuncha miqdorda jarima to‘plagunga qadar aniqlanmagan.

Qoidabuzar aslida avtomashinasiga tegishli bo‘lgan  85 L 619 JA raqamini yashirib, uni 80 052 SAA raqamiga almashtirib, yashirinib yurgan. Jarima maydoniga olib kelingach, o‘z avtomashinasiga taqib olgan 80 052 SAA davlat raqam belgili avtomashina ham allaqachon yopilib ketgan korxona hisobida turgani, hujjatlarga ko‘ra, avtomashinasi ham o‘ziga «begona» ekani ochiqlangan. 

«Tugatib yuborilgan korxona o‘z balansidagi avtomashinasini auksionga qo‘yib sotib yuborgach, uni o‘z balansidan chiqarishi va haydovchiga to‘liq hujjatlashtirib berishi kerak edi. Yosh haydovchi bu borada ogohlantirildi»,— dedi Ulug‘bek Shukurlayev.

Bildirilishicha, davlat raqam belgisini o‘zgartirib, jarimadan yashirinib, qochib yurgan uchun 19 million 200 ming so‘mlik jarima olgan Sh.T. «hisobi»ga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddasiga asosan, yana 10 baravar miqdorda jarima tayinlangan.

«Avtomashinaning davlat raqami – uning asosiy egalik belgisi sanaladi. Aynan shu davlat raqami orqali qoidabuzarliklar yozib boriladi va tegishli tartibda jazo belgilanadi. Biroq, harakati davomidagi qoidabuzarliklarini yashirish uchun ataylab ularni ko‘rinmas holga keltirgan va shuningdek, uni boshqa raqamga almashtirgan shaxslar yana o‘n baravardan ortiq jarima bilan javob berishiga to‘g‘ri keladi»,— dedi Ulug‘bek Shukurlayev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring