Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quvada IIBga «suhbat qilish» uchun olib ketilgan yigitning u yerdan murdasi chiqqani aytilmoqda

Quvada IIBga «suhbat qilish» uchun olib ketilgan yigitning u yerdan murdasi chiqqani aytilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Quva tumanida yosh yigit ichki ishlar xodimlari tomonidan urib o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Bu haqda farg‘onalik bloger Olimjon Haydarov «Facebookdagi sahifasida ma’lum qildi.
 
«Quva(Farg‘ona)da 20 yoshli, soppa-sog‘ yigitni IIB hodimlari «suhbat qilish» uchun olib kirib ketib, o‘ligini olib chiqib berishibdi.
 
Yiqilib tushganmish.
 
Eshitishimcha niqob bo‘yicha jarima qilishmoqchi bo‘lishganda, 20 yoshli bola va IIB hodimlari orasida biroz tortishuv bo‘libdi. IIB hodimlari yigitni «esini kiritib qo‘yish» maqsadida olib kirib ketishgan, ma’lum muddatdan keyin «yiqilib tushib» vafot etgan bolani murdasini olib chiqib berishibdi....»,— deya yozadi Haydarov. 
 
IIV yoki boshqa rasmiy tashkilotlar voqea yuzasidan hali munosabat bildirganicha yo‘q. 
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring