Qashqadaryolik folbin farg‘onalikni chuv tushirdi
Noma’lum shaxs Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida bir ayolning uyiga kelib, unga tez kunda nabirali bo‘lishini aytib, folbinlik qilgan.
Uning ishonchiga kirib, umumiy narxi 4 500 000 so‘mlik tillo taqinchoqlari va 50 000 so‘m pulini olib, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Bu haqda M.N. ismli ayol IIB ga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanida yashovchi S.Ch. sodir etgani aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter