Qashqadaryoda za’faron gulladi
«Hisor» davlat qo‘riqxonasi Miraki bo‘limining pastki hududlarida za’faron gulladi.
Qo‘riqxona ilmiy xodimlarining ta’kidlashicha, shafran har yilgilardan ko‘ra ertaroq gullagan.
Shuningdek, qo‘riqxonaning baland cho‘qqilari va ulkan tog‘lari hamda tog‘ yonbag‘rilaridagi qor sathi avvalgi yillardagidek ko‘rsatkichni qayd etib, qo‘riqxona hududidagi abadiy muzliklarning, shifobaxsh buloqlarning, daryo va irmoqlardagi suvlar xalqimiz uchun ichimlik suvi hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter