Qashqadaryoda yashin urganlarning shaxsiga aniqlik kiritildi
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani «Otkamar» MFYda 9 mart kuni soat 11:45 da noqulay ob-havo sharoiti natijasida 3 nafar fuqaroni yashin urgani xabar qilingandi.
Voqea oqibatida bir nafar fuqaro vafot etib, ikki nafar fuqaroning biriga tibbiy yordam ko‘rsatilib, ambulator davolanishga ruxsat berilgan.
Qayd etilishicha, yashin urishi oqibatida vafot etgan erkak 63 yoshda bo‘lgan. Uning jarohat olgan 37 yoshli va 42 yoshli o‘g‘illari ayni paytda shifoxonada davolanmoqda.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter