Qashqadaryoda o‘g‘irlikda gumondor samosud qilindi
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida o‘g‘irlik qilgani uchun samosud qilingan fuqaro haqida ijtimoiy tarmoqlarda video xabar tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat 6 iyun kuni Ko‘kdala tumani «Kattaqishloq oziq-ovqat dehqon» bozorida sodir bo‘lgan. Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida yashovchi R.Sh. ismli shaxs Cobalt avtomashinasidan 650 ming so‘m pul o‘g‘irlash holati bo‘yicha qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samosud holati bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari boshlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter