Qashqadaryoda MIB xodimi kaltak yedi
Qashqadaryoda MIB xodimi aliment pullarini to‘lamagan erkakning uyidan televizorni olib ketmoqchi bo‘lganida noxush hodisa sodir bo‘lgan. Bu haqda MIBning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, E.S. sobiq xotini Z.Rahmonovaning bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun iyun, iyul va avgust oylariga aliment pullarini to‘lamasdan, uning qarzdorligi 1 mln 947 ming 615 so‘mga yetgan.
Shundan so‘ng, MIB xodimlari Z.R.ning murojaati asosida 24 avgust kuni sobiq erining aliment qarzdorligini undirish maqsadida uning uyiga borgan va qarzdor hamda uning onasiga sud qarorida ko‘rsatilgan talablar tushuntirilib, qarzdorlikni bartaraf etishlari, aks holda qarzdorlik uning mol-mulki hisobidan undirilishi takroran aytilgan.
Qarz to‘lanmaganidan so‘ng erkakning uyidan bir dona 32 dyuymli rangli televizor xatlab chiqilayotgan vaqtda qarzdor va uning oila a’zolari ijro harakatlariga faol qarshilik ko‘rsatgan. Nojo‘ya so‘zlar bilan xodimlarni haqorat qilib, ularning qo‘l, yuz va tanasining turli qismlariga yengil tan jarohati yetkazib, temir bo‘lagi bilan urgan.
Holat yuzasidan E.S.ga nisbatan JKning 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter