Qashqadaryoda «Lasetti» portlab ketdi. Haydovchi omon qoldi
Bugun, 29 sentyabr kuni soat 08:05 da Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanining Mustaqillik ko‘chasida harakatlanib ketayotgan «Lasetti» rusumli avtomobilning gaz baloni portlab ketgan.
Hodisa oqibatida haydovchi yengil tan jarohat olgan va shifoxonaga yuborilgan. Avtomashinada faqat uning o‘zi bo‘lgan.
Hozirda hodisa sababi aniqlanmoqda.
Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch-vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari bajarilgan.
«Barcha haydovchilardan o‘z boshqaruvidagi transport vositasiga o‘rnatilgan gaz ballonidan foydalanish texnik talablariga qa’tiy rioya etishlarini so‘raymiz», deyiladi FVV xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter