Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryodagi mojaro yohud o‘ttiz bir million qarz tarixi

Qashqadaryodagi mojaro yohud o‘ttiz bir million qarz tarixi

Foto: Xabar.uz

Kasbi tumani «Mug‘lon» mahallasida yashovchi G‘.K. tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasi tomonidan fuqaro xonadoniga 32 million so‘m asossiz qarzdorlik hisoblangan. Iste’molchi qarzdorlikka oydinlik kiritish maqsadida tuman elektr ta’minoti idorasiga murojaat qilgan, biroq idora mutasaddilaridan tayinli javob bo‘lmagan.

Ushbu masala tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda o‘rganilganda, elektr ta’minoti korxonasi xodimi murojaatchi xonadonidagi hisoblagich ko‘rsatkichlarini noto‘g‘ri yozgani oqibatida, 31 million 634 ming so‘m asossiz qarzdorlik yuzaga kelgani, iste’molchining elektr energiyasi to‘lovlaridan qarzi esa 438 ming so‘m ekani ma’lum bo‘ldi.

Natijada, tuman elektr ta’minoti korxonasi mas’ullari tomonidan iste’molchiga hisoblangan noqonuniy qarzdorlik tegishli tartibda uning hisobidan chiqarilishi ta’minlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring