Qashqadaryoda 23 yoshli qiz osilgan holda topildi. Prokuratura tekshiruv boshladi
Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida 23 yoshli qiz o‘zini osib qo‘ygani aytilmoqda. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 18-dekabr kuni Kasbi tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan, ichki ishlar bo‘limiga «Maymanoq» mahalla fuqarolar yig‘inida yashagan 1999-yilda tug‘ilgan ayol bo‘yin sohasidan strangulyasion egat shilinmasi ko‘rinishidagi jarohati bilan vafot etganligi haqida xabar berilgan.
Marhumaning o‘lim sababiga aniqlik kiritish maqsadida tegishli ekspertizalar tayinlangan.
Holat bo‘yicha Kasbi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakati olib borilmoqda. Tekshiruvning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter