Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qamchiqda Damas yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Qamchiqda Damas yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Foto: FVV

Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lida harakatlangan Damas avtomobili boshqaruvni yo‘qotib, shu yo‘nalishdagi MAN yuk mashinasiga borib urilgan. Natijada Damas mashinasidagi 5 yo‘lovchidan 4 tasi turli darajada tan jarohatlar olgan.

Bu haqda 20-iyul kuni tongi soat 04:50larda Qamchiq maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasining Tezkor navbatchi-dispetcherlik guruhiga xabar kelib tushgan.

Mazkur murojaat yuzasidan boshqarma qutqaruvchilari voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan. Qutqaruvchilar to‘qnashuv oqibatida mashina ichida siqilib qolgan yo‘lovchini chiqarib olishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring