Hushyor turing! O‘zbekistonga Kavkazdan sovuq va nam havo kirib keladi
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 4-5-yanvar kunlari Kavkaz mintaqasidagi nam va nisbatan sovuq havo oqimlari O‘zbekiston hududiga kirib kelishi kuzatiladi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga sovuq havoning kirib kelishi natijasida, harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliqdan 3 daraja sovuqqacha pasayishi va yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s (25-43 km/s) tezlikda esadi.
«Qamchiq» dovonida ob-havo o‘zgaruvchan, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, havo harorati kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 darajagagacha sovuq bo‘ladi. Shamol o‘z yo‘nalishini g‘arbdan sharq tomonga o‘zgartirib, 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s (54-72 km/s) gacha kuchayishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter