Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nepalda fojia yuz berdi: 25 kishi halok bo‘ldi (foto)

Nepalda fojia yuz berdi: 25 kishi halok bo‘ldi (foto)

Foto: «English.mathrubhumi.com»

Nepal shimoli-g‘arbida avtohalokat oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.

Nashrning ma’lum qilishicha, avtobus Mugu hududidagi tepalik ostida ag‘darilib ketgan. Voqea joyiga qutqaruv xizmati xodimlari yuborilgan.

Jabrlanganlarning aniq soni aytilmagan, ularga yordam ko‘rsatilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, aholi katta diniy bayramdan uylariga qaytayotgan bo‘lgan.

Ayni paytda avtobus bilan sodir bo‘lgan voqea sabablari o‘rganilmoqda. BBC Newsning qayd etishicha, Nepalda yo‘llarning yomonligi va transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatishning sifatsizligi tufayli avtohalokatlar ko‘p uchraydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring