Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda «DXX xodimi» qo‘lga olindi

Namanganda «DXX xodimi» qo‘lga olindi

O‘zini DXX xodimi deb tanishtirgan shaxs ushlandi.

Namangan viloyatining Davlatobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘zini go‘yoki Davlat xavfsizlik xizmati xodimi deya tanishtirgan, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq sodir etgan jinoyatlari uchun bir necha bor sudlangan shaxs mahalliy fuqarodan 5500 AQSh dollari olgan vaqtida DXX tomonidan qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, u mazkur fuqaroning tanishiga nisbatan tayinlangan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini, boshqa yengilroq jazo turiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring