Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mudhish YTHda 5 kishi vafot etdi

Mudhish YTHda 5 kishi vafot etdi

Foto: Skamarqand IIB

Kecha, 13-oktyabr kuni soat 19:00 M-37A aylanma avtomobil yo‘lining 37-kilometrida fuqaro 30 yoshli J.Murotov boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinasida Toshkent—Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotib, avtomashina boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishlarini ajratib turgan metall to‘siqqa to‘qnashgan.

Oqibatda haydovchi J.Murotov, yo‘lovchilar 25 yoshli Yo.Umarov, 41 yoshli R.Ergasheva, 44 yoshli A.Usmonova va 34 yoshli M.G‘oyibova tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring