Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvadagi yong‘inda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Moskvadagi yong‘inda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Foto: Eanews.ru

Moskva shahridagi mehnat migrantlari yashagan xostelda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida sakkiz nafar fuqarolar vafot etdi. 

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ushbu hodisa yuzasidan o‘rganish ishlarini boshlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 28-iyuldan 29-iyulga o‘tar kechasi Alma-Atinskaya ko‘chasida joylashgan xostelda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 8 kishi vafot etgan va 4 nafar fuqaro jarohat olgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vafot etganlarning 2 nafari (S.N., 2003-yilda tug‘ilgan va A.A., 1986-yilda tug‘ilgan) O‘zbekiston fuqarolari hisoblanadi.

Ushbu hodisa yuzasidan Brateyevo tumani tergov qo‘mitasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi marhumlar O‘zbekistonga olib kelinishi uchun harakat boshlanganini bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring