Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Miroboddagi ayanchli to‘qnashuv oqibatlari: to‘rt kishi jabrlandi

Miroboddagi ayanchli to‘qnashuv oqibatlari: to‘rt kishi jabrlandi

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Toshkent shahar IIBB bugun poytaxtda kuzatilgan ayanchli YTH bo‘yicha ma’lumot berdi. 

Joriy yilning 8 fevral kuni taxminan soat 15:45 larda Mirobod tumani Nukus - Mirobod ko‘chalari kesishgan chorrahasida 1979-yilda tug‘ilgan V.K. boshqaruvida bo‘lgan KIA rusumli avtomashina;

1959-yilda tug‘ilgan R.R. boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli avtomashina;

ZEEKR rusumli avtomashina (haydovchining shaxsiga oydinlik kiritilmoqda) ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida KIA, Matiz haydovchilari va ZEEKR rusumli avtomashinasining haydovchisi va yo‘lovchisi shifoxonaga olib borilgan.

Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring