Yarim tunda ko‘chada xavfli manyovrlar qilgan BMW va Mercedez Benzga chora ko‘rildi
18-oktyabr kuni yarim tunda Mirzo Ulug‘bek tumani, Maxtimquli ko‘chasida, haydovchi 1985 yilda tug‘ilgan T.X. boshqaruvidagi BMW rusumli transport vositasi hamda 1992 yilda tug‘ilgan F.Sh. boshqaruvidagi Mercedez Benz rusumli transport vositalari guruh bo‘lib harakatlanib, harakat xavfsizligiga xavf soluvchi manyovrlarni amalga oshirgan.
Shuningdek, ushbu holatni videotasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishgan.
Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB tomonidan haydovchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 128⁵-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter