Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marhamatda velosipedchi ishtirokidagi YTH bo‘yicha ma’lumot berildi

Marhamatda velosipedchi ishtirokidagi YTH bo‘yicha ma’lumot berildi

Joriy yilning 24-yanvar kuni soat 17:30 larda, Andijon viloyati, Marhamat tumani hududidan o‘tgan 4R-140 avtomobil yo‘lining 27-kilometrida, haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan A.Sh «Neksiya» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchi, 1995 yilda tug‘ilgan J.A.ni urib yuborgan.

Velosipedchi yiqilgandan so‘ng, ushbu yo‘nalishda kelayotgan haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan A.A. «Neksiya» rusumli avtomobilda yiqilgan velosipedchini urib yuborgan.

Natijada velosipedchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Marhamat tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tegishli hujjatlar to‘planib, tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha Sudiga yuborilish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring