Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktab o‘quvchisini urib qochgan «Jentra» haydovchisi ham yosh bola bo‘lib chiqdi

Maktab o‘quvchisini urib qochgan «Jentra» haydovchisi ham yosh bola bo‘lib chiqdi

Videodan lavha

2023 yil 18 dekabr kuni soat 17:25 lar atrofida Samarqand tumani «Diyor» MFY hududidan yo‘ldan o‘tayotgan maktab o‘quvchisini shu yo‘nalishda harakatlanib kelgan qora rangli «Jentra» rusumli transport vositasi urib yuborib, voqea joyidan yashiringan.

Oqibatda maktab o‘quvchisi tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilib, tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.

Qidiruv-surishtiruv tadbirlari davomida mazkur yo‘l-transport hodisasini sodir haydovchi aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand tumani «Talibarzuipoyon» MFYda yashovchi, 2008 yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi onasiga tegishli bo‘lgan ushbu avtomashinani boshqarib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Hozirda Samarqand tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring