Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Majburiy ijro bo‘limi boshlig‘i pichoqlab ketildi

Majburiy ijro bo‘limi boshlig‘i pichoqlab ketildi

Foto:Majburiy ijro byurosi

3-may kuni Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani Majburiy ijro byurosi boshlig‘i B.J.ni sobiq xodimi Sh.I. pichoqlagan. Bu haqda «UzNews.uz» xabar qildi.

Sobiq xodimning MIB boshlig‘ini pichoqlaganiga asosiy sabab sifatida uning ishdan bo‘shatilgani  ko‘rsatilmoqda.

MIB boshlig‘i Sh.I.ga xodimlarni lavozimga qo‘yish va ularni ishdan olish o‘zining vakolatiga kirmasligi, balki bu viloyat MIB boshqarmasi ixtiyorida ekanligini tushuntirgan. Lekin, Sh.I. o‘zining ishdan bo‘shashida asosiy aybdor o‘zining sobiq boshlig‘i deb bilgan va uni pichoqlagan.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, hozirda MIB boshlig‘i B.J.ning ahvoli ancha yaxshi. Shuningdek, o‘sha kuni MIB binosiga kelgan Sh.I. spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lganligi ham qo‘shimcha qilinmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring