Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kosonsoy suv ombori dambasi yorilgani bo‘yicha mish-mishlarga izoh berildi

Kosonsoy suv ombori dambasi yorilgani bo‘yicha mish-mishlarga izoh berildi

Kosonsoy tumanida Qirg‘iziston respublikasi, Jalolobod viloyati, Olabuqa tumanidagi «Kosonsoy suv ombor dambasi yorilibdi»  mazmunida xabar tarqaldi.

«Bu bo‘lmagan gap, bugungi sel toshqinlar bilan jarayonlarni bari suv omboridan quyi qismda rivojlandi. Tabiyki, suv ombori dambasi yorilib ketishi uchun hech qanday asos omili yo‘q» - , deyiladi Gidrometeorologiya xizmati xabarida.

Tashkilot bunday yolg‘on ma’lumotlarga misol sifatida o‘tgan yilgi hodisani keltirgan. Buxoro viloyatida 2020-yil 27-aprelda esgan kuchli shamoldan so‘ng aholi orasida «Amudaryo suv sathi keskin ko‘tarilib, dahshatli toshqin bo‘lar ekan»  degan asossiz vahimalar urchigandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring