Kosonlik erkak o‘z xotinini dahshatli tarzda o‘ldirishda ayblanmoqda
Qashqadaryo viloyat IIB Koson tumanida sodir bo‘lgan mudhish jinoyat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Bundan ikki yil oldin Koson tumanida yashovchi T.Q. mast holatda tayoq bilan xotini X.G.ni urib, qo‘l va oyoqlarini sindirib, qasddan o‘ldirgan. Jasadni quduqqa tashlab, tuproq bilan quduqni to‘ldirib ko‘mib yuborganligi aniqlangan.
Kunora bu oilada bo‘lib turgan janjaldan mahalla faollari, qarindosh-urug‘lar xabardor bo‘la turib vaqtida oldini olmagan. Boz ustiga muqaddam ham qotillik jinoyatini sodir etgani uchun jazo muddatini o‘tab chiqqan bu shaxs qo‘shxotin bilan yashagani, doimiy spirtli ichimlik iste’mol qilib, uyda janjal ko‘tarish bilan band bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Q.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter