Ko‘richakka uchragan jarroh 9 nafar bemorni operatsiya qildi (video)
«Udivi.li» ma’lum qilishicha, to‘qqiz nafar bemor ustida jarrohlik amaliyoti o‘tkazguncha, kuchli og‘riqdan bechora jarrohning bo‘lari bo‘lgan. Noxushlik ertalabdan boshlangandi, ammo Lyan bunga ahamiyat bermadi. Kun davomida o‘zining ahvoli og‘irlashib borishiga qaramay, bemorlarga yordam ko‘rsatishni afzal bildi, og‘riqni esa ukol bilan to‘xtatib turdi.
To‘qqiz nafar bemordan so‘ng uning o‘zi o‘ninchi bo‘lib jarrohlik stoliga yotqizildi. Hozir Lyanning salomatligi tiklanmoqda.
Hamkasblari Lyan Fukunning matonati va qahramonligidan hayratda, u esa shunchaki o‘z ishini bajarganini aytmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter