Jarrohlar adashib rossiyalikning oshqozonini olib tashlashdi
Nijniy Novgorod viloyatining Balaxniy shahrida mahalliy fuqaro Sergey Prozorovskiyning oshqozonini adashib olib tashlashdi. U onkologiya bilan kasallanganlikda gumon qilingan. Aslida esa faqat oshqozon yarasidan aziyat chekkan. Bu haqda «Komsomolskaya pravda» xabar bermoqda.
Prozorovskiyning so‘zlariga ko‘ra, u ichki qon ketishida gumon bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar unda yaradan boshqa dard ham bor degan xulosaga kelishgan va shu zahoti operatsiyani boshlashni taklif etishgan.
«Tashxisni aniqlashtirish uchun og‘zimga barmoq qalinligida nay kiritishdi. Boshida qon ketgan-ketmaganligi baribir aniqlanmadi, ammo shifokorning noqulay manipulyasiyasi arteriyalarga shikast yetkazdi. Qon ketish kuchaydi, operatsiya qilish uchun mendan rozilik so‘rashdi, keyin hushimdan ketdim», — deb eslaydi Prozorovskiy.
Shundan so‘ng u immunogistokimyoviy tekshiruvdan o‘tdi. Unga ko‘ra o‘simta yo‘qligi aniqlangan.
«Kasallik tarixida esa gistologiya natijalari umuman yo‘q!» — deydi bemor.
Prozorovskiyning fikricha, Nijniy Novgorod shifokorlari uni tekshirib ko‘rgan shifokorni «oqlash» uchun onkologiyani ataylab o‘ylab topishgan. Yosh mutaxassis bosh shifokor o‘rinbosari va jarrohlik bo‘limi boshlig‘ining o‘g‘li ekanligi aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter