Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kungaboqar pistasi appenditsitga sabab bo‘ladimi?

Kungaboqar pistasi appenditsitga sabab bo‘ladimi?

Foto: «REGNUM»

Pista chaqish appenditsitni keltirib chiqaradi degan xavotir — noo‘rin, shunchaki mahalliy fikr, deb hisoblashmoqda mutaxassislar. Bu haqda «REGNUM» yozmoqda.

Jarrohlar avvaldan appenditsitning bunday rivojlanish «nazariyasi»ga shubha bilan qarashgan. O‘zi chuvalchangsimon o‘simtaning o‘tkir yallig‘lanishi hamon sirligicha qolmoqda. Yallig‘lanish o‘z-o‘zidan kelib chiqishi mumkin. Appendiksni olib tashlash esa eng oson yo‘li. Bu o‘z navbatida profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqishni imkonsiz qilib qo‘yadi.

Pista chaqish appenditsit rivojlanishiga sabab bo‘lmaydi. Mutaxassislarning fikricha, appenditsitga olib keluvchi xavfli omillar mutlaqo noma’lum.

Amerikalik jarrohlar XX-asrning 50—60-yillarida profilaktika maqsadida chaqaloqlar appendiksini olib tashlashga qaror qilishadi, biroq keyinchalik bu yondashuvdan voz kechishadi. Appenditsit o‘ta noxush dard: unga kuchli og‘riqlar xos emas, chidasa bo‘ladi. Shuning uchun ham ko‘p bemorlar shifokorga vaqtida murojaat etishmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring