Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurotada 10 ming gektar pista plantatsiyalari barpo etiladi

Nurotada 10 ming gektar pista plantatsiyalari barpo etiladi

Foto: «kohajone.com»

«Navoiy viloyatida o‘rmon xo‘jaliklarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qaror bilan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida Nurota davlat o‘rmon xo‘jaligi, Karmana tumanida O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti huzurida Cho‘l hududlarida o‘rmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazi tashkil etildi.

Nurota tumani hududida pista, bodom va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etish, o‘rmonlarni tiklash, ihota o‘rmonzorlarini ko‘paytirishni ta’minlash Nurota davlat o‘rmon xo‘jaligining asosiy vazifasi etib belgilandi.

Cho‘l hududlarida o‘rmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazining asosiy vazifasi, shu jumladan qum ko‘chishi va shamol eroziyalariga qarshi o‘rmon barpo etishning ilmiy texnologiyalarini ishlab chiqish hisoblanadi.

Qarorga ko‘ra, Nurota tumanidagi Sentapsoy va Cho‘ya hududlarida 10 ming gektar maydonda pista plantatsiyalari barpo etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring