Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki menejer tadbirkorga «pand berdi»

Ikki menejer tadbirkorga «pand berdi»

Foto: Xabar.uz

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda «B.P» MChJ sotuv bo‘yicha menejerlari D.Ye. va D.M. MChJga tegishli 1,8 mlrd so‘mlik choy mahsulotlarini naqd pulga sotib, ushbu mablag‘larni o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring