Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV mahbusning o‘limi sababini ma’lum qildi

IIV mahbusning o‘limi sababini ma’lum qildi

Biroz avval «Andijon turmasi»dan mahkumning o‘ligi chiqdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi» nomli xabar e’lon qilingandi. 

IIV JIED axborot xizmati hodisa yuzasidan rasmiy axborot berdi. 

Unda aytilishicha, 21-mart kuni soat taxminan 15:00larda IIV huzuridagi JIED 3-son tergov hibsxonasida mahbus M.S. kamerada birga saqlanayotgan mahbus U.J. bilan o‘zaro janjal oqibatida bir-birlariga tan jarohatini yetkazishgan.

Natijada, mahbus M.S. olingan jarohatlar oqibatida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan, mahbus U.J. muassasaga qarashli kasalxonada davolanmoqda.

Holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring