Mashina urib ketgan IIO xodimining ahvoli haqida ma’lumot berildi

Avvalroq Buxoroda IIO xodimini mashina urib ketgani haqida xabar berilgandi.
Buxoro viloyati IIB mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 27 iyul kuni soat 11:40 da Buxoro shahrining I.Mo‘minov ko‘chasini kesib o‘tuvchi yo‘ldan harakatlanib borayotgan Qorako‘l tumani «Qozon» mahallasida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan qora rangli «Lasetti» (Jentra) avtomashinasida shu ko‘chadan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, 1977 yilda tug‘ilgan Buxoro shahar IIO FMB HPB xodimi kapitan J.T. ni urib yuborishi natijasida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
RShTYoIM Buxoro filiali hamda Ichki ishlar boshqarmasi Tibbiyot bo‘limi shifokorlari nazoratida ushbu xodimga kechiktirib bo‘lmas zaruriy hamda malakali tibbiy muolajalar ko‘rsatilgan. Hozirda uning ahvoli qoniqarli.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter