IIBB shafqatsizlik aks etgan videoga munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda itga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan fuqaroning xatti-harakatlari aks etgan video tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB bayonot berdi.
Aytilishicha, Chilonzor tumani IIO FMBga 43 yoshli ayol ariza bilan murojaat qilib, joriy yilning 12-aprel kuni soat taxminan 18:00da, noma’lum erkak o‘z avtomobilida jonivorni bosib ketganini ma’lum qilgan. So‘ng ushbu shaxs voyaga yetmagan bolalarning ko‘z oldida o‘z harakatlarini davom ettirib, «Kobalt» rusumli avtoulovida noma’lum tomonga xarakatlanib ketgan.
Ayni vaqtda jonivorga ozor yetkazgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter