Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gumonlanuvchi shartli xaridorga pichoq bilan hamla qildi

Gumonlanuvchi shartli xaridorga pichoq bilan hamla qildi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Farg‘ona viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti axboorot xizmati xabar bermoqda.

Fuqaro 22 aprel kuni Ichki ishlar organlariga arzia bilan murojaat qilib, Qirg‘izistondan olib o‘tilgan «Regapen» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini qariyb 15 ming dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxsga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

 Arizaga asosan, o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qo‘shtepa tumani, hududida shartli xaridorga «Regapen» nomli dori vositalarini 165 million so‘mga sotayotgan shaxs qo‘lga olindi.

Kelishilgan pullarni olgan gumonlanuvchi shaxs tezkor tadbir o‘tkazilayotganligini sezib, yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan shartli xaridorni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, zo‘rlik ishlatayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan zararsizlantirilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 251 prim 1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) 3-qismi (uyushgan guruh tomonidan yoki ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchiga nisbatan qamoq extiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring