Gaz ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi pora bilan qo‘lga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chust tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda «Chust tumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi O.S. fuqaro A.N.ning xonadoniga gaz hisoblagich o‘rnatib berishi va hisoblagichsiz tabiiy gazdan foydalanganligi uchun jami 3,7 mln so‘mini qo‘lga kiritganligi aniqlanib, O.S. tomonidan ushbu pullarni qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter