Farg‘onada yana bir qiz o‘g‘irlikka qo‘l urdi
Qo‘qon shahri Yangi-bog‘ mahallasida yashovchi ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 18 aprel kunidan 19 aprel kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasida bo‘lgan sandiq ichidan jami narxi 15 000 000 so‘mlik 2 dona tilla sirg‘asi, 2 dona tilla uzugi va 1 dona tilla zanjirini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tezkor-surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni E.N ismli ayol sodir etgani aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Farg‘ona shahrida bir qiz o‘quv markaziga o‘g‘irlikka tushgani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter