Farg‘onada «Nexia-2» va «Damas» ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Qurbon bor
Farg‘ona tumani Avval qishlog‘ida «Nexia-2» va «Damas» ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi vafot etdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2023 yilning 05 yanvar kuni soat 11:00 larda 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro R.M boshqaruvidagi «Nexia-2» rusumli avtomobil Oqtepa mahalla hududida 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro M.R boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtomobil bilan to‘qnashib ketgan.
Natijada «Damas» rusumli transport vositasi haydovchisi M.R. olgan tan jarohati oqibatida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Farg‘ona tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fuqarolarimizdan yo‘l-harakati qoidalariga qat’iy amal qilgan holda transport vositasini boshqarishlarini so‘rab qolamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter