Farg‘onada ayol 40 mln. so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlashda gumonlanmoqda
6-mart kuni Farg‘ona viloyati, Quva tumanida yashovchi U.X. ismli ayol IIBga murojaat qilgan. Unda shu kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga kirib xonadoni ichida bo‘lgan temir seyfni kalit tanlash yo‘li bilan ochib, seyf ichida bo‘lgan narxi 40.000.000 so‘mlik tilla-taqinchoqlarni yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni M.Sh. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qonunchilikka asosan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter